logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Nagelsmann - Slovakiya ustidan g'alabadan so'ng: "Bu muvaffaqiyatni qanday rivojlantirish mumkin? Hozir bu oson emas, chunki bizda endi to'rt oylik tanaffus bor"

 18 NOYABR, 2025, 08:36

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Slovakiya ustidan qozonilgan g'alaba (6:0) va JCh-2026 final bosqichiga yo'llanma haqida fikr bildirdi.

"Hissiyotlar juda yoqimli, hozir kiyinish xonasidagi kayfiyat ham juda yaxshi. G'alaba haqqoniy bo'ldi - jamoamizning ajoyib o'yini, katta bosim ostida. Dastlabki o'n daqiqadayoq gol urishimiz mumkinligini his qildim. Ehtimol, bu biz xohlaganimizdan biroz ko'proq vaqt olgandir, ammo keyin ajoyib gollar urdik.

Bu muvaffaqiyatni qanday rivojlantirish mumkin? Hozir bu oson emas, chunki bizda endi to'rt oylik tanaffus bor. Biz faqat mart oyida yana ko'rishamiz. Ammo biz klublar bilan doimiy aloqadamiz, jamoalarda yaxshi murabbiylarimiz ko'p, ular ham futbolchilarning o'yinlarni yaxshi o'tkazishi, sog'lom va formada bo'lishiga katta qiziqish bildirmoqda. Mart oyida uchrashganimizda, bugungi kun va nimalar mumkinligi haqida o'ylashimiz kerak bo'ladi," - deya germaniyalik mutaxassisning so'zlarini keltiradi UEFA sayti.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ