logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Erjan Tokotaevning jarohati jiddiy bo'lib chiqdi

 17 NOYABR, 2025, 23:06

Superliganing 28-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Andijon" uchrashuvining 17-daqiqasida "burgutlar"ning qirg'izistonlik darvozaboni Erjan Tokotaev oyog'idan olgan jarohati tufayli majburiy ravishda o'zgartirilgandi.

Klub xabariga ko'ra, tekshiruv natijalariga ko'ra, darvozabonning jarohati jiddiyroq bo'lib chiqdi.

Jamoa shifokori G'ofurjon Jo'raev Erjan Tokotaevning jarohati haqida ma'lumot berdi. Unga ko'ra, chap tizza bo'g'imining ichki payini yirtilishi bilan bog'liq tashxis aniqlandi. Bu borada jarrohlik amaliyoti yoki davolash muolajalari ko'zda tutilgan.

Golkiperning safga qaytish sanasi bo'yicha ma'lumot yo'q.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ