logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:01
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Nodirbek Yoqubboev: «O'zim ham murakkab, qiziqarli pozitsiya bo'lishini istagan edim»

 17 NOYABR, 2025, 21:36

Nodirbek Yoqubboev FIDE Jahon Kubogida Aleksandr Donchenko bilan murakkab o'yindan so'ng intervyu berdi.

Yoqubboevning aytishicha, o'yinda bir necha qiziqarli burilishlar bo'lgan va u aynan murakkab o'yin bo'lishini xohlagan:

“Bugungi o'yin juda murakkab bo'ldi. Aslida o'zim ham murakkab, qiziqarli pozitsiya bo'lishini istagan edim va aynan shunday o'yin bo'ldi ham. Donchenko qaysidir payt takroriy yurish qilishi mumkin edi, ammo u buni qilmadi va o'zini noqulay pozitsiyaga olib kirdi. Shu orqali men g'alabaga erishdim”.

Donchenko kecha qiyin tay-brek o'tkazganining bugungi o'yinga ta'siri haqida Nodirbek shunday dedi:

“Balki ta'sir qilgan bo'lishi mumkin, lekin tay-breklardan tashqari ham bu turnirning o'zi umuman qiyin va asabiylashishga majbur qiladigan o'yinlarga boy bo'lmoqda”.

Intervyu so'ngida, butun dunyodan uni kuzatib turgan muxlislar uchun Nodirbek shunday xabar yo'lladi:

“Shaxmat ixlosmandlari, shaxmatni sevishda davom eting va eng kuchli o'yinchilar o'yinlarini kuzating. Ishonch bildirayotgan muxlislar uchun bu turnirda g'alaba qozonishga yoki kamida nomzodlar bosqichiga chiqishga harakat qilaman”.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ