logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Kristal Pelas" grandlar e'tiboridagi futbolchisiga narx belgiladi

 17 NOYABR, 2025, 16:54

Londonning "Kristal Pelas" futbol klubi o'z himoyachisi Daniel Munosni sotish bo'yicha takliflarga ochiq, biroq ular etarli darajada jozibali bo'lishi kerak, deb yozadi Football Insider.

Klub futbolchini kamida 25 million funtga sotishga tayyor. Taxminlarga ko'ra, Munos keyingi yozgacha "Kristal Pelas"da qoladi. Uning klub bilan shartnomasi 2027/28 yilgi mavsum yakuniga qadar amal qiladi.

Bu mavsumda Munos turli musobaqalarda 19ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan va 2ta golga hammualliflik qilgan. O'tgan yili "Kristal Pelas" futbolchini 8 million evroga sotib olgan edi. Munos APLning "Manchester Siti" va "Chelsi", shuningdek, Ispaniyaning "Barselona" kabi etakchi klublari e'tiboriga tushmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ