logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:20
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Suares: "Mashina yuvardim, ishlatilgan telefon kartalarini kollektsionerga sotib, o'zimni boqardim"

 17 NOYABR, 2025, 16:42

"Inter Mayami" hujumchisi Luis Suares qiyin bolaligi haqida gapirdi.

- Bolaligingizda hayotingiz qanday bo'lgan?

- Juda qiyin va murakkab. Biz oltita aka-uka va opa-singil edik, hammamizni boqish qiyin edi.

Ota-onamiz ajrashib ketishdi, onam bir o'zi savdo markazida ishlar, hojatxonalarni tozalardi. 9-10 yoshimda u ishlab topgan pulni eb-ichishimiz, biror narsa xarid qilishimiz uchun olib kelishga majbur bo'ldim.

Doimiy ravishda ko'plab qiyinchiliklar bo'ldi. Uyga pul olib kelish uchun mashinalarni yuvdim. O'sha paytda odamlar telefon kartalarini ishlatib bo'lgach, ko'chalarda tashlab ketishardi. Ularni sotib olib, yig'ib yuradigan odam bor edi. Borib qarta yig'ib, unga sotardim.

Bolaligimda ko'p narsani qurbon qildim va bundan afsuslanmayman, chunki tirik qolish va qorin to'ydirish uchun uddaburon bo'lishim kerak edi. Men buni qadrlayman", - dedi "Liverpul" "Barselona," "Atletiko" va Urugvay terma jamoasining sobiq forvardi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ