logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Argentinalik yulduz Saudiyadan kelgan juda katta taklifni rad etgan edi

 17 NOYABR, 2025, 16:24

Turkiyaning "Galatasaroy" klubi hujumchisi Mauro Ikardi 2023 yilning yozida Saudiya Arabistonidan bo'lgan taklifni rad etgandi. Uch yilga mo'ljallangan potentsial shartnoma 120 million evrodan oshgan edi.

"2023 yilning yozida u Saudiya Arabistonining uch yil uchun 120 million evrodan ortiq bo'lgan taklifini rad etdi, chunki u muxlislarning mehrini his qildi va klubda qolishga qaror qildi," - deya futbolchining agenti Jorj Gardining so'zlarini keltiradi Fichajes.

Argentinalik hujumchining Frantsiyaning "Pari Sen-Jermen" klubidan "Galatasaroy"ga yakuniy o'tishi aynan 2023 yilda rasmiylashtirilgan, shundan so'ng Yaqin Sharq ligasidan taklif bo'lgandi.

Joriy mavsumda 32 yoshli futbolchi ba'zida zaxiradan o'yinga qo'shilishiga qaramay, milliy chempionatda o'tkazilgan 11 o'yinda 6 ta gol urgan. Argentinalik futbolchining Istanbul klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi kelasi yozda o'z nihoyasiga etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ