Konate "Liverpul"ning eng katta maosh oladigan futbolchilaridan biriga aylanishi mumkin
17 NOYABR, 2025, 16:18
"Liverpul" Frantsiya terma jamoasi himoyachisi Ibraima Konatega 2026 yilning yozigacha mo'ljallangan shartnomani uzaytirish bo'yicha so'nggi taklif bilan chiqdi.
Klubdagilar katta moliyaviy shartlarni e'lon qilgan va yaqin haftalarda 26 yoshli frantsuzdan javob kutishmoqda.
Jurnalist Sasha Tavolerining Sky Sport Switzerland nashriga ma'lum qilishicha, agar Ibraima "Liverpul" taklifini qabul qilsa, jamoaning eng ko'p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylanadi.
Konate kelajagi borasida bir qarorga kelmaguncha, "qizillar" safida o'ynashni davom ettiradimi yoki erkin agent sifatida "Real"ga o'tishga urinib ko'radimi, bu haqda bir qarorga kelmadi.
