Sorlot Turkiyaga borishni xohlamaydi
17 NOYABR, 2025, 15:00
"Atletiko"ning norvegiyalik hujumchisi Aleksandr Serlot hamon "Fenerbaxche"ning transfer ro'yxatida birinchi o'rinda bormoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Qonur ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, "matraschilar" Sorlotni sotish istagida emas, ammo 35 million evrodan yuqori takliflarni ko'rib chiqishlari mumkin. Shunga qaramay, norvegiyalik hujumchi bu bosqichda Turkiyaga ko'chib o'tishni ustuvor vazifa sifatida ko'rmayapti.
Joriy mavsumda Sorlot barcha musobaqalarda 14 ta o'yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi.
Sorlotning "Atletiko" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining narxi 25 million evroga teng.
