logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Barselona" ikki himoyachisi o'yinidan xavotirda

 17 NOYABR, 2025, 12:54

"Barselona" qanot himoyachilari Alexandro Balde va Jyul Kundening o'yinlari hamon savollar uyg'otmoqda.

Klubdagilar 22 yoshli ispaniyalik va 27 yoshli frantsuzning joriy mavsumdagi o'yin darajasidan "xavotirda", deb xabar beradi Mundo Deportivo. O'tgan mavsumda ikkalasi ham o'zini ancha yaxshi ko'rsatgani va "ko'k-anorranglilar" allaqachon muammoga echim izlayotgani tushunarli holdir.

Baldening pasayishi mudofaaning chap qanotida etarli raqobat yo'qligi bilan bog'liq bo'lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. 2026 yilda "Barsa" o'z tarbiyalanuvchisi Alexandro Grimaldoni qaytarishga harakat qilishi mumkin - "Bayer" yulduzini 15-20 million evroga sotib olish mumkin.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ