logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Yannik Sinner vs Karlos Alkaras: 5 mln. dollar uchun kechgan ATP Yakuniy turnirida kim chempion bo'ldi?

 17 NOYABR, 2025, 11:16

Dunyoning birinchi va ikkinchi raketkalari - ispaniyalik Karlos Alkaras hamda italiyalik Yannik Sinner Turin shahrida yakuniga etgan ATP Finals bosh sovrini uchun kortga chiqdi.

Ikki soatu 4 daqiqa davom etgan final bahsida Yannik Sinner o'z vatandoshlari olqishi ko'magida reyting peshqadamini Karlos Alkarasni mag'lubiyatga uchratdi - 7/6(4), 7/5. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida hamon Karlos katta farq bilan oldinda bormoqda - 10:6. 


Final statistikasi:

Yannik Sinner — 8 ta eys, 5 ta qo'shxato, 2 ta breyk

Karlos Alkaras — 5 ta eys, qo'shxato yo'q, 1 ta breyk


Turindagi sovrin Yannik uchun mavsumdagi oltinchi, faoliyatidagi 24-titul bo'ldi. U bu yilgi mavsumda Parij, Pekin, Vena, shuningdek, "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Uimbldon va Australian Open turnirlarida ham bosh sovringa ega chiqqandi.

Yannik Sinner Yakuniy ATP turniridagi chempionlik unvonini himoya qilish barobarida 1500 reyting ochkosi hamda 5 million 71 ming AQSH dollari miqdorida mukofot pulini qo'lga kiritdi. Bu ATP tarixidagi rekord mukofot puli hisoblanadi. Professional tennisdagi rekord ayollar tennisiga tegishli. Bir hafta avval qozog'istonlik Elena Ribakina Yakuniy WTA turniridagi chempionligi ortidan 5 mln 235 ming dollar ishlab olgandi. 

Finalchi Karlos Alkaras esa 1000 reyting ochkosi hamda 2 mln 704 ming dollar mukofot puliga ega chiqdi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ