logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:34
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Real" futbolchisi Ispaniya qarorgohini tark etdi

 17 NOYABR, 2025, 09:18

Madridning "Real" klubi markaziy himoyachisi Din Xyoysen Ispaniya terma jamoasining Turkiyaga qarshi o'yinini o'tkazib yuboradi.

20 yoshli futbolchi mashg'ulotlarda mushaklaridan jarohat olgani sababli Gruziyaga qarshi o'tgan uchrashuvda maydonga tushmagan edi. COPE xabariga ko'ra, Xyoysen saralash bosqichining so'nggi tur o'yiniga tayyorgarlik ko'rmaydi - u "qizil furiya" qarorgohini muddatidan oldin tark etadi.

Futbolchi kelasi yakshanba, 23 noyabr kuni bo'lib o'tadigan "Real"ning "Elche"ga qarshi navbatdagi bahsida ishtirok eta oladimi yoki yo'qmi, hozircha noma'lum.

Ispaniya va Turkiya terma jamoalari o'rtasidagi o'yin 18 noyabr kuni bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ