"Barselona" istiqbolli tarbiyalanuvchisini nima uchun sotib yuborgani ma'lum bo'ldi
17 NOYABR, 2025, 09:12
Vinger Yan Virgili joriy yilning avgust oyida "Barselona"ni tark etib, "Malorka"ga o'tgan edi. Sport direktori Deku 19 yoshli umidli futbolchini jamoada saqlab qolmoqchi edi, biroq ispaniyalikning o'zi uni sotishni talab qildi, deb xabar beradi Diario AS. Futbolchi o'zining darajasini allaqachon "ko'k-anorranglilar"ning ikkinchi jamoasidan yuqoriroq deb hisoblaydi, shuning uchun u La Liganing boshqa klubiga o'tishga qaror qildi.
"Barselona" Yan Virgilining transferidan 3,5 mln evro ishlab oldi. Kataloniya grandi akademiyasi bitiruvchisining hozirgi narxi Transfermarkt portali tomonidan 10 mln evroga baholanmoqda. Joriy mavsumda futbolchi "Malorka" safida Ispaniya oliy divizionining ettita o'yinida ikkita samarali uzatmani amalga oshirdi.
