https://m.stadion.uz/news/detail/533473
17 NOYABR, 2025, 08:48
Italiyalik hujumchi Lorenso Insine "Fiorentina"ga o'z xizmatlarini taklif qildi, deb xabar bermoqda florensiyalik jurnalist - Flavio Ognissanti. Biroq, uning so'zlariga ko'ra, klub Evropa sobiq chempionining taklifini rad etgan.
"Insine o'zini "Fiorentina"ga taklif qildi, ammo klub uning taklifini rad etdi. Hozir unga hojat yo'q. Vanoli Insinening menejeriga rad javobini berdi", - deb yozgan insayder.
Eslatib o'tamiz, ayni vaqtda Insineni Rimning "Latsio" klubi o'z safiga chorlamoqda, ammo Italiya terma jamoasining sobiq futbolchisi klubning taklifini qabul qilishga shoshilmayapti.
