logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

O'zbekiston chempionatining so'nggi kuni og'ir vazn toifalarida g'oliblar aniqlandi + FOTOGALEREYA

 17 NOYABR, 2025, 08:32

Andijon Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi mezbonlik qilgan o'smirlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati o'z yakuniga etdi.

Mamlakat birinchiligining so'nggi kuni og'ir vazn toifasida bellashuvlar tashkil etildi. O'smirlar -90, +90, qizlar esa -70, +70 kg vazn toifalarida tatamiga chiqishdi. To'rtta vaznda ikkitasida xorazmlik dzyudochilar, qolgan ikkitasida Buxoro viloyati va Toshkent shahri vakillari chempionlik shohsupasiga ko'tarilishdi. 

Uch kunlik bellashuvlar yakuniga ko'ra, Xorazm viloyati dzyudochilari medallar jamg'arish bo'yicha umumjamoa hisobida birinchi o'rinni band etishdi. Ular 5 ta oltin, 5 ta kumush, 7 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi. Toshkent shahri jamoasi 2 ta oltin, 2 ta kumush, 4 ta bronza medali bilan ikkinchi o'rinni band etgan bo'lsa, 2 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza medaliga ega poytaxt viloyati dzyudochilari kuchli uchlikka yakun yasab berishdi. 

Etiborlisi, 14 ta hududiy terma jamoalardan 13 tasida O'zbekiston chempionatining kamida bitta bronza medaliga ega bo'ldi. Birgina farg'onalik dzyudochilar musobaqada medalsiz qolishdi.   

 

Uchinchi kun g'olib va sovrindorlari:

O'SMIRLAR

-90 kg vazn toifasi

1.Feruzbek Sultonov (Buxoro)

2. Elnur Xolmurodov (Qashqadaryo)

3. Akobir Yo'ldoshev (Surxondaryo)

3. Olimjon Boboev (Xorazm) 


+90 kg vazn toifasi

1. Alibek Durdiev (Xorazm)

2. Nurdavlat Rustamov (Xorazm)

3. Temur Sobirov (Samarqand)

3. Ersultan Tolibaev (Qoraqalpog'iston)


QIZLAR

-70 kg vazn toifasi

1. Sabrina Xolnazarova (Xorazm)

2. Poshshajon Jumaboeva (Xorazm)

3. Orzu Temirova (Qashqadaryo)

3. Sevinchoy Xudarganova (Xorazm)


+70 kg vazn toifasi

1. Sora Sayfullaeva (Toshkent shahri)

2. Hulkar Baxtiyorova (Xorazm)

3. Aziza Ahmadalieva (Toshkent viloyati)

3. Xonzodabegim Usmonqulova (Samarqand)
























Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ