APL klublari Levandovskiga 1 yillik shartnoma taklif qilmoqda
17 NOYABR, 2025, 08:18
"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirish variantiga ega.
37 yoshli futbolchining "ko'k-anorranglilar" bilan mehnat shartnomasi kelasi yildayoq o'z nihoyasiga etadi. Yulduz forvardga bo'lgan talab hali ham katta - jumladan, Evropaning etakchi chempionatlarida ham. Indykaila News xabariga ko'ra, nomi oshkor etilmagan ingliz klubi polshalikka bir yillik shartnoma taklif qilgan. Hozircha tafsilotlar oshkor etilmayapti.
Robert Levandovski joriy mavsum "Barselona" safida 12 ta o'yinda 7 ta gol urdi.
