logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Milan" yulduzi "Inter"ga qarshi o'yinga safga qaytadi

 17 NOYABR, 2025, 07:42

Frantsiyalik yarim himoyachi Adrien Rabo bundan roppa-rosa bir oy oldin, 16 oktyabr kuni jarohat olgan edi. U hafta oxiridagi "Milan"ning "Inter"ga qarshi o'yinida safga qaytishi kutilmoqda.

Adrienni asosiy tarkibda maydonga tushirishlari dargumon - katta ehtimol bilan u asta-sekin o'yinlarga qaytadi.

Shuningdek, "Milan" lazaretida Fikayo Tomori va Santyago Ximenes ham qolmoqda - ular ham "Inter"ga qarshi o'yinga safga qaytishi mumkin, ammo hozircha buni aniq aytishning iloji yo'q.

Eslatib o'tamiz, "Inter" va "Milan" 23 noyabr kuni o'zaro bahs olib boradi, hozirda Kristian Kivu shogirdlari turnir jadvalida birinchi, "rossonerilar" esa uchinchi o'rinda bormoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ