logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

JCh-2026: 48 ishtirokchi mamlakatdan 32 tasi aniq bo'ldi

 17 NOYABR, 2025, 07:12

JCh-2026ning 32 ishtirokchisi ma'lum bo'ldi.

Noyabr oyida turnirga Norvegiya, Portugaliya, Frantsiya va Xorvatiya terma jamoalari saralab olindi.

Oktyabr oyida dastlab Misr, so'ngra Jazoir, Gana, Kabo-Verde, JAR, Qatar, Angliya, Saudiya Arabistoni, Kot-d'Ivuar va Senegal JCh-2026ga yo'l olgandi.

Sentyabr oyida Urugvay, Kolumbiya va Paragvay, shuningdek, Marokash va Tunis turnirning hal qiluvchi bosqichiga chiqdi.

Bungacha Yaponiya, Yangi Zelandiya, Eron, Argentina, O'zbekiston, Janubiy Koreya, Iordaniya, Avstraliya, Ekvador va Braziliya terma jamoalari jahon chempionatiga yo'llanma olgandi. Turnirda AQSh, Kanada va Meksika terma jamoalari mezbon sifatida ishtirok etadi.

Musobaqada jami 48 ta jamoa ishtirok etadi. Turnir kelasi yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ