"Arsenal" himoyachisi jarohat sabab Braziliya terma jamoasi qarorgohini tark etdi
16 NOYABR, 2025, 22:36
"Arsenal" klubi va Braziliya terma jamoasi markaziy himoyachisi Gabriel Magalyaesning o'ng tizza mushaklari jarohatlangani aniqlandi.
Eslatib o'tamiz, kecha futbolchi Senegalga (2:0) qarshi o'rtoqlik o'yinini oxirigacha davom ettira olmadi. U 64-daqiqada zaxiraga olindi va o'ng oyog'ini ushlab maydonni tark etdi.
The Athletic xabariga ko'ra, Gabriel Braziliyaning Frantsiyada seshanba kuni bo'lib o'tadigan Tunisga qarshi o'yinini o'tkazib yuboradi. Uning o'rniga boshqa o'yinchi chaqiriladi.
