Desham Jahon chempionati uchun Frantsiya terma jamoasi tarkibini qachon e'lon qilishini aytdi
16 NOYABR, 2025, 19:00
Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham 2026 yilgi jahon chempionati uchun Frantsiya terma jamoasi tarkibini qachon e'lon qilishi haqida gapirdi.
"May oyining ikkinchi yarmida jahon chempionati uchun tarkibni e'lon qilaman," - dedi Desham Telefoot kanali efirida.
Frantsiya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatining D saralash guruhida birinchi o'rinni egallab, muddatidan oldin final bosqichiga yo'l oldi. JCh-2026 kelasi yozda uchta davlat - AQSh, Kanada va Meksika hududida bo'lib o'tadi.
