Grinvud - Liga 1'da oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi!
16 NOYABR, 2025, 18:24
"Marsel" vingeri Meyson Grinvud Liga 1da oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Grinvud 38 foiz ovoz to'pladi. Futbolchi "Strasburg"dan Xoakin Panichelli (32%) va "Nitstsa"dan Sofian Diopni (30%) ortda qoldirdi.
Meyson oktyabr oyida "Gavr" darvozasiga 4 ta gol urgandi. U oktyabr oyida jami 4 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol urgan.
Ovoz berish Frantsiya professional futbolchilar assotsiatsiyasi saytida bo'lib o'tdi.

