logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:55
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"2019 yildan beri bosimni his qilyapman": Xoland - Italiyaga qarshi o'yin oldidan

 16 NOYABR, 2025, 16:24

Norvegiya terma jamoasi forvardi Erling Xoland jamoaning JCh-2026 saralashi doirasidagi Italiyaga qarshi hal qiluvchi o'yinidan nimalarni kutayotgani haqida gapirdi.

Hujumchi terma jamoaga ilk chaqiruvidanoq bosim unga hamroh bo'lganini tan oldi, biroq hozirda u bosimni engishni yaxshiroq uddalamoqda.

"Terma jamoaga ilk bor kelgan 2019 yildan beri bosimni his qilib kelaman. Ammo hozir men bu bilan yashashni o'rgandim - tajribaliroq, xotirjamroq, ishonchliroq bo'ldim. Bu bizning so'nggi o'yinimiz ekanini tushunamiz va jahon chempionatiga chiqish uchun qo'limizdan kelganini qilishimiz kerak. Bizda bitta o'yin bor, ammo uch ochko olish mumkin - biz albatta g'alaba qozonishga harakat qilamiz," - dedi Xoland.

O'yin 16 noyabr kuni tunda bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan 00:45 da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ