logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi "Arsenal"ga "Real" yulduzini tavsiya qildi

 16 NOYABR, 2025, 12:36

"Arsenal"ning taniqli sobiq futbolchisi Jilberto Silva klub "Real"dan Rodrigo nomzodiga qaytishi kerak, deb hisoblamoqda.

Vinger hamon "qaymoqranglilar"ning asosiy tarkibiga kira olmayapti, shuning uchun uning ketishi haqidagi mish-mishlar tinmayapti.

"Rodrigo nafaqat chap qanotda, balki hujumda boshqa pozitsiyalarda ham o'ynashga qodir. Nima uchun "Arsenal" uni sotib olish imkoniyatini yana bir bor ko'rib chiqmasligi kerak? Agar u "Real"dagi holatidan norozi bo'lsa, uni o'z tomoniga og'dirib olish mumkin.

Masala faqat uning qanchalik tez moslasha olishida. Ehtimol, bir necha yil oldin "Arsenal" tarkibiga darhol moslasha oladigan futbolchini topish osonroq edi. Hozir sen yaxshi bo'lsang ham, bu juda qiyin," - deya Silvaning so'zlarini keltiradi Arsenal News Channel.

Yozda "kanonirlar" Rodrigoga asosiy da'vogarlardan biri sifatida ko'rilgandi, ammo u Madridda qolishga qaror qildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ