logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Runi Grilishga ishonmaydi: "U jahon chempionatiga bormaydi"

 16 NOYABR, 2025, 12:12

Angliyalik sobiq hujumchi Ueyn Runining fikricha, Jek Grilishning Angliya terma jamoasi safida 2026 yilgi jahon chempionatiga borish imkoniyati yo'q.

30 yoshli futbolchi joriy mavsum boshidan buyon "Everton"da ijara asosida to'p tepib kelmoqda.

"Grilish hozirdanoq kelasi yilning yoziga ta'til band qilishi mumkin - u Tuxel tarkibiga kirmaydi. Gordon jarohat olgan bo'lsa ham, uni chaqirishmaydi," - deya Runining so'zlarini keltiradi ingliz OAV.

Jek Grilish Premer-liganing joriy mavsumida o'nta o'yinda bitta gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ