Islam Maxachev: "Oq uy eshiklarini ochinglar, biz kelyapmiz!"
16 NOYABR, 2025, 11:48
Rossiyalik 34 yoshli aralash yakkakurash ustasi bugungi tarixiy g'alabasidan keyin oktagonning o'zida sharhlovchi Jo Roganga intervyu berdi.Endilikda ikki vazn chempioni hisoblanuvchi Islam Maxachev Jek Della Maddalenaga qarshi kechgan jang barobarida keyingi rejalariga ham to'xtaldi.
"Bu orzu. Butun umrim davomida ana shu ikki vazn toifasi chempionlik kamarini orzu qilganman. Va nihoyat, men ularga erishdim. Kamarlar yaxshigina og'ir, lekin ular menga yoqyapti. Nyu-York, rahmat!
Siz hayotim qanchalik o'zgarib ketganini hatto tasavvur ham qila olmaysiz. Endi ortiqcha vazn tashlash kabi boshog'riqlar yo'q. Bu juda ham oson bo'ldi.
Rejalarim? Bu borada hech qanday sir yo'q. Har bir raqibim men nima qilayotganimni biladi. Lekin hech kim meni to'xtata olmayapti.
Oq uy eshiklarini oching, biz kelyapmiz!", — dedi ikki vazn chempioni Maxachev.
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
Manba: olamsport.com
