AND STILL! Valentina SHevchenko Veyli Jangga hech qanday imkon qoldirmay, chempionlik kamarini o'zida saqlab qoldi!
16 NOYABR, 2025, 10:16
"Medison Skver-Garden" arenasida o'tkazilayotgan UFC 322 turnirida co main event bahsi yakuniga etdi.Musobaqaning ikkinchi asosiy jangida ayollar o'rtasida o'ta engil vaznning chempioni bo'lib turgan Qirg'iziston vakilasi Valentina SHevchenko birinchi raqamli xitoylik davogar — Veyli Jangga qarshi oktagonga chiqdi.
5 raundlik titul bahsi to'liq davom etdi. Hakamlarning yakdil qarori bilan jangda SHevchenko jangda zafar quchdi va o'z kamarini ikkinchi marotaba muvaffaqiyatli himoya qildi.
Bugungi jang orqali Valentina faoliyatidagi 26-g'alabasini nishonlagan bo'lsa, Jang 4-mag'lubiyatini qabul qildi.
Manba: olamsport.com
