logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Furqatbek Yoqubov va yana ikki hamyurtimiz UAE Warriors 65 turnirida jang qildi + FOTOGALEREYA

 16 NOYABR, 2025, 08:48

Kecha oqshom BAAning Al-Ayn shahridagi Adnec Centre majmuasida aralash yakkakurash bo'yicha UAE Warriors 65 turniri o'tkazildi.

Avval xabar berganimizdek, musobaqada uch nafar o'zbekistonlik sportchi ishtirok etib, yakunda ularning bir nafari o'z jangida g'alaba qozondi, qolgan ikkisi esa raqiblariga imkoniyatni boy berdi.

Furqatbek Yoqubov filippinlik Ruel Panalesni to'liq davom etgan jangda ochkolar hisobiga ko'ra taslim etdi. Davlatbek Hojiev va SHohboz Ortiqov mos ravishda Kuvayt hamda Rossiya aralash yakkakurash ustalariga imkoniyatni boy berdi. 

73 kg vaznda: Davlatbek Hojiev - Abdullah Bushehri (Kuvayt), (ochkolar hisobiga ko'ra);

59 kg vaznda: Furqatbek Yoqubov - Ruel Panales (Filippin), (ochkolar hisobiga ko'ra);

95 kg vaznda: SHohboz Ortiqov - Nutsalxan Magomedov (Rossiya), (1-raundda KO-TKO).













Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ