logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ferran Torres: "Moratadan so'ramasdan ettinchi raqamni ololmadim"

 16 NOYABR, 2025, 08:42

"Barselona" hujumchisi Ferran Torres Alvaro Moratadan Ispaniya terma jamoasidagi ettinchi raqamni oldi.

"Komo"ning 33 yoshli hujumchisi noyabr oyidagi o'yinlar uchun Ispaniya terma jamoasiga chaqirilmadi - uning raqami Torresga nasib etdi.

"David Vilya, Raul, Morata kabi afsonalar bu raqamda harakat qilishgan. Endi bu raqamni men kiyib yuribman, bu meni g'ururlantiradi. Bu mas'uliyatni oqlamoqchiman.

Morata men uchun alohida inson, u terma jamoada menga ko'p yordam bergan. Albatta, undan so'ramasdan ettinchi raqamni ololmasdim. U hech qanday muammo yo'qligini aytdi va aynan men bu raqamni olganimdan xursand bo'ldi," - dedi Ferran intervyuda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ