Voltemade Rummeniggening "Nyukasl"ga o'tishi haqidagi keskin fikriga izoh berdi
16 NOYABR, 2025, 08:24
"Nyukasl" hujumchisi Nik Voltemade Karl-Xaynts Rummeniggening shov-shuvli so'zlari haqida gapirdi.
Yozda "qarg'alar" hujumchini "Shtutgart"dan sotib olgan edi. Transfer qiymati bonuslarni hisobga olgan holda 90 mln evroga etishi mumkin. "Bavariya" ancha kamroq taklif qildi va futbolchi Angliyaga ketganidan so'ng, myunxenliklar direktorlar kengashi a'zosi Rummenigge "Shtutgart" "kerakli summani to'lashga rozi bo'lgan ahmoqlarni topganini" aytdi.
"Jamoadoshlarim buni muhokama qilishdi, men esa yo'q. Yozda men, "Bavariya" va men uchun to'langan summa haqida ko'p gapirildi. Barcha sarlavhalarda "ahmoqlar" so'zi uchrardi, lekin men Rummeniggening to'liq bayonotini o'qidim - albatta, u achinarli, lekin ular taqdim etgandek dramatik emas," - dedi Voltemade.
