Ferran Torres Ramos va di Stefanoga etib oldi
16 NOYABR, 2025, 06:06
Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Ferran Torres terma jamoa safidagi 23-golini kiritdi.
Hujumchi JCh-2026 saralashida Gruziyaga qarshi o'yinda (4:0) gol urdi. Torres Ispaniya terma jamoasi safida 52-o'yinini o'tkazdi.
Gollar soni bo'yicha u tarixda 9-o'ringa ko'tarildi va hujumchi Alfredo Di Stefano bilan birga himoyachi Serxio Ramosga etib oldi. To'purarlar ro'yxatida 8-o'rinda Emilio Butrageno bormoqda - 26 gol. Rekord esa David Vilyaga tegishli - 59 ta gol.
