17 yoshli Satpaev Qozog'iston terma jamoasi tarixidagi eng yosh gol muallifiga aylandi
16 NOYABR, 2025, 05:12
Doston Satpaev Qozog'iston terma jamoasi tarixidagi eng yosh gol muallifiga aylandi.
Talgat Baysufinov jamoasi 15 noyabr kuni JCh saralashida Belgiya bilan durang o'ynadi - 1:1.
Uchrashuvning 9-daqiqasida 17 yoshli Satpaev hisobni ochdi. "Chelsi"ga tegishli va "Qayrat" sharafini himoya qilayotgan hujumchi terma jamoa rekordini yangiladi.
