Najmiddin Qosimxojiev Ar-Riyod-2025 Islom birdamligi o'yinlari vice-chempioniga aylandi!
15 NOYABR, 2025, 23:32
74 kg vaznli tajribali taekvondochimiz Najmiddin Qosimxojiev VI Islom birdamligi o'yinlari sovrindori bo'ldi.Sportchimiz musobaqa finalida iordaniyalik taniqli va tajribali Zaid Abdulkarim bilan bahs olib bordi va imkoniyatni boy berib qo'ydi.
SHunday bo'lsa-da, Najmiddin O'zbekiston hisobiga qimmatli kumush medalni taqdim etdi.
Manba: olamsport.com
