"Arsenal" himoyachisi safdan chiqdi
15 NOYABR, 2025, 20:36
Londonning "Arsenal" klubi qanot himoyachisi Rikardo Kalafori Italiya terma jamoasi safida jarohat oldi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 23 yoshli futbolchi sonidan jarohat olgan. Kalafori italiyaliklarning JCh-2026 saralashidan o'rin olgan Norvegiyaga qarshi o'yinini o'tkazib yuboradi.
Joriy mavsumda futbolchi klub miqyosida 12 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
