"Chelsi" himoyachisi qishda ketadi
15 NOYABR, 2025, 19:06
Frantsiyalik himoyachi Aksel Disasining "Chelsi"dagi kelajagi ma'lum bo'ldi.
Manbaning yozishicha, futbolchi qishda londonliklar safini tark etishi kutilmoqda. Disasining klub bilan shartnomasi 2029 yilning yozigacha amal qiladi.
Aksel Disasi "Chelsi" safida 61 ta o'yin o'tkazgan. Ularda himoyachi beshta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
