Kyaer - Leau haqida: "Hozir yoki hech qachon"
15 NOYABR, 2025, 19:00
Italiyaning "Milan" klubi sobiq futbolchisi, daniyalik himoyachi Simon Kyaer hamon sobiq jamoadoshi - portugaliyalik hujumchi Rafael Leauning salohiyatiga ishonmoqda.
Kyaer Massimiliano Allegri unga nihoyat to'liq kuch bilan, eng muhimi - barqaror o'ynashga yordam berishiga umid qilmoqda.
"Rafa dunyodagi eng yaxshilardan biriga aylanishi mumkin. Hali ham mumkin. Dembelega qarang, unga yordam berishga tayyor bo'lgan murabbiyni uchratganida "Oltin to'p"ni qo'lga kiritdi. Allegri ham Leauning rivojlanishiga yordam berishi mumkin, u hozir 26 yoshda, uch yildan keyin juda kech bo'ladi. Yoki hozir, yoki hech qachon," - deya Kyaerning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Leau 2019 yildan beri "Milan" sharafini himoya qilmoqda.
