logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Fabritsio Romano Levandovskining kelajagi bo'yicha savollarga nuqta qo'ydi

 15 NOYABR, 2025, 17:42

"Barselona"ning polshalik hujumchisi Robert Levandovski hech qachon yanvarda klubni tark etish haqida o'ylamagan. Bu haqda nufuzli insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, 37 yoshli Levandovski yana mavsum yakunlangach, faoliyatini yakunlash haqida ham o'ylamayapti. Ta'kidlanishicha, Levandovski iyun oyigacha bor e'tiborini "Barselona"ga qaratgan. U barcha mumkin bo'lgan unvonlarni qo'lga kiritishni, keyin esa kelajak haqida qaror qabul qilishni xohlaydi.

Levandovski joriy mavsumda barcha musobaqalarda 12 ta o'yin o'tkazib, 7 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qildi. Hujumchining kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda o'z nihoyasiga etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ