logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Nagelsmann Sanening o'yinini yuqori baholadi

 15 NOYABR, 2025, 17:24

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Lyuksemburgga qarshi o'yindan keyin jamoasining qanot hujumchisi Leroy Saneni maqtadi.

JCh-2026 saralashidan o'rin olgan uchrashuv 2:0 hisobida yakunlandi. Sane ushbu o'yinda dublga erishgan Nik Voltemadening goliga assistentlik qildi.

"U birinchi bo'limda bir nechta imkoniyatlarga ega bo'ldi. U yaxshi o'ynadi, ikkita hal qiluvchi harakatni amalga oshirdi va bu g'alabada uning katta hissasi bor", - deya Nagelsmanning so'zlarini keltiradi RTL.

Eslatib o'tamiz, Sane yozda "Bavariya"dan Turkiyaning "Galatasaroy" klubiga o'tgan edi. Vinger Turkiyada 15 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ