Top-5'ning 7 klubi «Portu» futbolchisini qo'lga kiritmoqchi
15 NOYABR, 2025, 16:30
"Portu" markaziy yarim himoyachisi Viktor Froxoldt klubini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 19 yoshli daniyalikning xizmatlariga "Roma", "Napoli", "Atalanta", "Brayton", "Bornmut", "Ayaks" va "RB Leyptsig" klublari qiziqish bildirmoqda. Mish-mishlarga ishonadigan bo'lsak, Froxoldtning shartnomasini istalgan klub 85 million evroga sotib olishi mumkin.
Joriy mavsumda Froxoldt barcha turnirlarni hisobga olgan holda 17 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
