logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:05
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Islam Maxachev: "Maddalena meni yutadi? Bunga uning o'zi ham ishonmaydi"

 15 NOYABR, 2025, 13:32

Islam Maxachev ertangi jangdagi raqibi Jek Della Maddalenani Drikus Dyu Plessi bilan solishtirib ko'rdi.

Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi Jek Della greppling va kurash bo'yicha o'z mahoratini shunchalik oshirib, o'zi bilan parterda tengma-teng raqobatlasha oladi, deb o'ylamaydi.

"Menimcha, Kreyg Jons Jek Dellaning kurashiga yordam bermagan - bu ish bermaydi. Bizda yaxshi misol bor - Xamzat CHimaev va Drikus Dyu Plessi jangi. Dyu Plessi o'z qarorgohiga ko'plab kurashchilarni taklif qildi, ammo hech narsa yordam bermadi. Bu ko'p yillar davomida amalga oshirilishi kerak bo'lgan ish hisoblanadi. Va biz Kreyg Jons Volkanovskiga qanday yordam berganini ko'rdik", - dedi Islam Nyu-Yorkda jurnalistlar bilan suhbatda.

SHuningdek, Maxachev avstraliyalikning g'alaba qozonib, ertangi raqibining P4P UFC reytingidagi o'rnini egallamoqchi ekani haqidagi so'zlariga izoh berdi.

"Bunga hech kim ishonmaydi, hatto uning o'zi ham", - deya qisqagina javob qildi Maxachev.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ