Romano: Xyoylund «MYu»ga 100 foiz qaytmaydi
15 NOYABR, 2025, 13:18
Italiyalik mashhur insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, hozirda "Napoli"da "Manchester Yunayted"dan ijara asosida harakat qilayotgan hujumchi Rasmus Xyoylund ingliz klubiga qaytmaydi.
Manbaga ko'ra, neapolliklar 22 yoshli daniyalikni to'liq sotib oladi. Uning narxi bo'yicha muzokaralar o'tkaziladi.
Xoylund joriy mavsumda barcha turnirlarda 10 ta o'yinda 4 ta gol urdi.
