logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Portugal nashri: «Ronaldu uyalishi kerak»

 15 NOYABR, 2025, 12:54

A Bola nashri jurnalistlari Portugaliya terma jamoasi yulduz markaziy hujumchisi Krishtianu Ronalduning JCh-2026 saralash bosqichi doirasida Irlandiyaga qarshi o'yindagi qizil kartochkasiga munosabat bildirdi.

40 yoshli hujumchi raqibiga tirsagi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatildi.

"Krishtianu nafaqat tajovuzkorlik qildi, balki hafsalasi pir bo'lgan paytda o'zini yo'qotib qo'ydi. Uning reaktsiyasi dahshatli edi. U nohaq chetlatilgandek, muxlislarga qarsak chaldi. U bunday xatti-harakatlari uchun uyalishi kerak", - deyiladi Portugaliya nashri xabarida.

Ronaldu ikkinchi bo'lim boshida maydondan chetlatildi. Portugaliya terma jamoasi safarda 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ