«Real» OAVdagi mish-mishlarga umuman e'tibor qaratmaydi
15 NOYABR, 2025, 12:24
Madridning "Real" klubi so'nggi vaqtlarda OAVda Xabi Alonsoning ishiga bo'lgan shubhalar va tanqidlarga umuman e'tibor qaratmaydi.
"Qirollik klubi" rahbariyati 43 yoshli murabbiyga to'liq ishonadi va hozirgi kichik inqirozni tezroq engishga yordam beradi.
So'nggi ikki o'yinda "Real" "Liverpul"ga yutqazdi (0:1) va "Rayo Valekano" bilan durang o'ynadi (0:0).
Ular navbatdagi o'yinini 23 noyabr kuni safarda "Elche"ga qarshi o'tkazadi.
