"Real" Virts uchun "Liverpul"ga qancha taklif qilishi ma'lum bo'ldi
15 NOYABR, 2025, 07:54
OAVda "Liverpul" yarim himoyachisi Florian Virts Madridning "Real" klubiga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar tobora ko'payib bormoqda.
"Qizillar" germaniyalikni "Bayer"dan 125 mln evroga xarid qilgan, biroq futbolchi o'z o'yini bilan sarflangan mablag'ni oqlay olmayapti. Defensa Central xabariga ko'ra, agar Arne Slot Virtsga yo'l topa olmasa, kelasi yozda "Real" futbolchini arzonroq narxda qo'lga kiritishga harakat qiladi. Shu bilan birga, manbaning ta'kidlashicha, "qaymoqranglilar" Xabi Alonsoga juda yaxshi tanish bo'lgan hujumkor yarim himoyachi uchun 75 million evrodan ortiq to'lashga tayyor emas.
Transfermarkt ekspertlari Florian Virtsning narxini ancha yuqori - 130 mln evroga baholamoqda. Mersisaydliklar safida 16 ta o'yinda 22 yoshli futbolchi 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi va hozircha gol urgani yo'q.
