Arteta hujumchining "Arsenal"dan ketishiga to'sqinlik qildi
15 NOYABR, 2025, 07:48
Braziliyalik hujumchi Gabriel Jezus qishki transfer oynasida Londonning "Arsenal" klubini tark etmaydi. Bu haqda CaughtOffside xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, hujumchining yanvar oyida ketishiga "Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta to'sqinlik qilgan, u Viktor Dyokeresh va Kay Xavertsning jismoniy holatidan xavotirda. Mutaxassisning fikricha, agar klub Premer-liga va Chempionlar ligasida g'olib chiqish uchun kurashadigan bo'lsa, "Arsenal"ga keng variantlar kerak.
Aytish kerakki, joriy mavsumda 28 yoshli Jezus biror marta maydonga tushmadi. Futbolchining "kanonirlar" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan.
