"Manchester Siti" 55 mln evro narxga ega vinger uchun kurashga qo'shildi
15 NOYABR, 2025, 07:42
"Manchester Siti" o'z short-listiga vingerni qo'shib qo'ydi. Gap "Bornmut" sharafini himoya qilayotgan Antuan Semeno haqida ketmoqda. "Shaharliklar" tez orada qishki transferlar oynasi ochilishini o'ylab, 25 yoshli futbolchini kuzatib bormoqda. "Siti" Premer-liga g'olibligi uchun tarkibini kuchaytirmoqchi. Bu haqda Sky Sports’ga tayanib, Transfer News Live xabar berdi.
Semenoga Angliya Premer-ligasining "Liverpul", "Tottenxem" va "Manchester Yunayted" kabi top-klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Antuan Semeno "Bornmut" safida 101 ta o'yinda maydonga tushib, 28 ta gol urgan va 13 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Nufuzli "Transfermarkt" portali futbolchini 55 million evroga baholamoqda.
