logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:41
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Chelsi" yulduz hujumchi uchun 150 mln evro taklif qiladi

 15 NOYABR, 2025, 07:36

So'nggi yillarda "Chelsi" transferlarga juda katta mablag' sarfladi. Londonliklar bu bilan to'xtab qolishmoqchi emas shekilli. Fichajes portali ma'lumotiga ishonadigan bo'lsak, "aristokratlar" "Atletiko"ning yulduz hujumchisi Xulian Alvares uchun 150 million evro tayyorlamoqda.

Qayd etilishicha, Alvaresning "Chelsi"ga o'tishiga uning Argentina terma jamoasidagi sherigi - yarim himoyachi Entso Fernandes yordam berishi mumkin.

Agar "Chelsi" Alvaresni 150 million evroga sotib olsa, bu klub tarixidagi eng qimmat transfer bo'ladi. Hozirda "Chelsi" uchun Entso Fernandesning 121 million evroga xarid qilinishi rekord hisoblanadi.

25 yoshli Xulian Alvares bu mavsumda 15 ta o'yinda 9 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ