logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Xorvatiya Farer orollarini mag'lub etib, JCh-2026 yo'llanmasiga ega chiqdi

 15 NOYABR, 2025, 06:06

Xorvatiya terma jamoasi o'z maydonida JCh-2026 saralash guruh bosqichi doirasida Farer orollarini 3:1 hisobida mag'lub etdi.

Mezbonlardan Yoshko Gvardiol, Petar Musa va Nikola Vlashich gol urdi. Mehmonlar safida Geza David Turi o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.

Yana bir uchrashuvda Chernogoriya safarda Gibraltardan ustun keldi - 2:1.

"L" guruhida Xorvatiya 7 o'yindan so'ng 19 ochko to'pladi va bir tur qolganida JCh-2026 yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rinni pley-offda o'ynaydigan Chexiya (7 turdan keyin 13 ochko) egalladi. Keyingi o'rinlarda Farer orollari (12), Chernogoriya (9) va Gibraltar (0).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ