Messi 38ga kirganidan so'ng 26 ta o'yinda 46 ta golda ishtirok etdi
15 NOYABR, 2025, 05:54
Lionel Messi 38 yoshga to'lganidan beri 46 ta samarali harakatni amalga oshirdi.
Argentina terma jamoasi forvardi bugun Angola bilan o'rtoqlik o'yinida gol va assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Messi 24 iyun kuni 38 yoshini nishonladi. O'shandan beri u milliy terma jamoa va "Inter Mayami" safida 26 ta o'yinda maydonga tushdi. Ularda u 29 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
