logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

De Laurentis terma jamoalar safida futbolchilarning jarohatlari haqida: "FIFA va UEFA ligalarga tupurdi"

 15 NOYABR, 2025, 05:24

"Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis FIFA va UEFAni terma jamoalar safida futbolchilarning jarohat olgani uchun tanqid qildi.

"Men Raxxmanini qo'yib yubordim va u jarohat bilan qaytib keldi. Angissa ham. Bunday davom etishi mumkin emas. Agar chempionat ketayotgan bo'lsa, pauza bo'lmasligi kerak va bizga kamroq jamoalar va kamroq o'yinlar kerak.

Futbolchilar klublarda maosh olishadi va ularni terma jamoalarga yuborish yoki yubormaslikni aynan klublar hal qilishi kerak. Agar futbolchi terma jamoada jarohat olsa, transfer oynasi ochilishi va biz tovon puli olishimiz kerak. Ammo hammasi FIFA va UEFAning ligalarga tupurishiga o'xshaydi", - deya De Laurentisning so'zlarini keltiradi La Gazzetta dello Sport.

FIFA to'lovlarni amalga oshiradi, lekin 7,5 million evrodan ko'p bo'lmagan miqdorda va agar o'yinchi 28 kundan ortiq vaqt o'tkazib yuborgan bo'lsa.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ