Karlos Alkaras 2025 yilni birinchi raketka sifatida yakunlaydi
14 NOYABR, 2025, 16:48
"Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnirlarning olti karra g'olibi ATP Finals qanday natija bilan yakunlanishidan qati nazar yilni birinchi raketka sifatida tugatadi.Ispaniyalik tennischi Yakuniy ATP 2025 chempionatining guruh bosqichidagi barcha uch uchrashuvda g'alaba qozondi. Alkaras uchinchi turda dunyoning to'qqizinchi raketkasi, italiyalik Lorenco Muzettini 6/4, 6/1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Ushbu g'alaba unga 2025 yilgi tennis mavsumini dunyoning birinchi raketkasi sifatida yakunlashini kafolatladi. Agar u mag'lubiyatga uchraganida, bu maqomni boy berishi mumkin edi. Buning uchun reytingning ikkinchi pog'onasida borayotgan italiyalik Yannik Sinner ATP Finals turnirining barcha uchrashuvlarida g'alaba qozonishi ham talab etilardi.
Takidlash joiz, 22 yoshli Karlos faoliyatida ikkinchi bor yilni sayyoramizning birinchi raketkasi sifatida yakunlaydi.

Manba: olamsport.com
