logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Xames Rodriges "Orlando Siti" bilan muzokara o'tkazmayapti

 14 NOYABR, 2025, 08:36

Insayder Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog'ida "Leon" yarim himoyachisi Xames Rodriges OAVda paydo bo'lgan ma'lumotlarga qaramay, "Orlando Siti" bilan muzokara o'tkazmayotgani haqida xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 34 yoshli kolumbiyalik futbolchi hali ham Kolumbiya terma jamoasining JCh-2026 qaydnomasidan joy olish uchun o'zini ko'rsata oladigan yangi klub topishni istamoqda.

Kolumbiya terma jamoasi Janubiy Amerikada bo'lib o'tgan JCh-2026 saralashida 28 ochko jamg'arib, 3-o'rinni egalladi. JCh-2026 Xames faoliyatidagi uchinchi jahon chempionati bo'lishi mumkin.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ